Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan tuman markazidan “Qushchilik” MFY hududiga olib boruvchi yo‘lning atrofida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganilmoqda.
O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (№O‘RQ-877, Qabul qilingan sana 09.11.2023)ning ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni asrab-avaylash, ularning atrofini yovvoyi o‘tlardan tozalash hamda hududni yanada obod va chiroyli ko‘rinishga keltirish bo‘yicha fikr almashildi, tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur yo‘nalishda belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazoratida bo‘ladi.