35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Bog‘ot tumanida ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga mablag‘ ajratildi
янв.21
BOGʻOT TUMANIDA ICHKI YOʻLLAR BOʻYICHA MANZILLI ROʻYXAT YANGILANDI
янв.21
BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Qo‘shimcha mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qilindi
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOT O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘NALISHLARI BELGILANDI
BOLALAR TAQDIRI — E’TIBOR MARKAZIDA!

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash — jamiyatning muhim vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati Aldanov Yelibay Tokbergenovich tomonidan Tomdi tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktoriga deputat so‘rovi yuborildi.

📌 Deputat so‘rovida tumandagi ushbu toifadagi bolalarning:
🔹 ijtimoiy holati va ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar;
🔹 uy-joy bilan ta’minlanganlik holati;
🔹 ta’lim olishi va kasb-hunar egallashi;
🔹 bandligini ta’minlash;
🔹 moddiy va ijtimoiy yordamlar bilan qamrab olinishi;
🔹 mustaqil hayotga tayyorlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan aniq ma’lumotlar so‘raldi.

🎯 Asosiy maqsad — har bir bolaning huquqi himoyalangan, kelajagi kafolatlangan va jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun zarur sharoit yaratilishini ta’minlash.

Deputat so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish doirasida yuborildi.

Bola taqdiri — befarq qoldirib bo‘lmaydigan masala.
Ularning buguni va kelajagi — barchamizning e’tiborimizda!

Slide 1 of 2