Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Qulmatov Aktam tashabbusi bilan Bo'ston mahallasi yoshlar bilan ochiq suhbat tashkil etildi.
🤝 Muloqot davomida yoshlarning kundalik hayotida uchrayotgan muammo va kamchiliklar, ularni qiynayotgan masalalar hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanish holati atroflicha muhokama qilindi.
🔎 Shuningdek, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi.
📌 Suhbat davomida bildirilgan fikr va takliflar umumlashtirilib, yoshlar manfaatlarini ta’minlash hamda aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan keyingi ishlarni tashkil etishda foydalaniladi.
Yoshlar bilan ochiq muloqot — ularning muammolarini eshitish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlarga yo‘l ochishning muhim vositasidir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)