Taxiatosh tumanida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
Tuman hokimi Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sdikov Islambek Muratbayevich mas’ullar bilan birgalikda “Markaziy” MFY hududidagi “Do‘stlik” (Abdambetov) ko‘chasida o‘rganish olib bordi.
📍 Asosiy e’tibor ko‘chaning 1,2 km qismini aholi gavjum bo‘ladigan, zamonaviy va qulay hududga aylantirish, savdo hamda xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratildi.
🤝 O‘rganish yakunida mahalla qiyofasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi uchun munosib sharoit yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.