35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Bog‘ot tumanida ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga mablag‘ ajratildi
янв.21
BOGʻOT TUMANIDA ICHKI YOʻLLAR BOʻYICHA MANZILLI ROʻYXAT YANGILANDI
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Qo‘shimcha mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qilindi
янв.21
MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOT O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘NALISHLARI BELGILANDI
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida bildirilgan murojaat asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Uchrashuv davomida Qo‘qon shahar “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan hududdagi ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo ko‘tarildi.

Xususan, Shaldiramoq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Baxmalbop, Baxmalbop-1-tor hamda “Naymancha” va “Dastarbop” ko‘chalaridagi jami 68 ta simyog‘ochlar uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgani, eskirib, yaroqsiz holatga kelganligi sababli aholi uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani bildirildi. Mazkur holat kuz-qish mavsumida elektr energiyasi yetkazib berilishida jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkinligi qayd etildi.

Fuqarolar murojaatini inobatga olgan holda, deputat F.Qaxxarova tomonidan mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilib, unda mazkur hududdagi 68 ta simyog‘ochni yangilash bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘rilayotgani, shuningdek, ularni yangilash ishlari qachon amalga oshirilishi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Eskirgan elektr tarmoqlari va simyog‘ochlarni yangilash, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hudud infratuzilmasini yaxshilashning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan tartibda javob taqdim etilishi hamda murojaat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va natijalar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2