35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Bog‘ot tumanida ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga mablag‘ ajratildi
янв.21
BOGʻOT TUMANIDA ICHKI YOʻLLAR BOʻYICHA MANZILLI ROʻYXAT YANGILANDI
янв.21
BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Qo‘shimcha mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qilindi
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOT O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘NALISHLARI BELGILANDI
Deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Qo‘ziyeva Shoira tomonidan fuqarolar qabuli davomida kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, aniqlangan muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

Murojaatda O‘zbekiston Yangi massividagi ko‘p qavatli uylar oldida maishiy chiqindilar to‘planib qolayotgani, chiqindilar o‘z vaqtida va muntazam olib chiqib ketilmayotgani sababli salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani bildirilgan.
Mazkur murojaat fuqarolarning qulay va toza muhitda yashash sharoitlarini ta’minlash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega. Amaldagi tartibga ko‘ra, chiqindi to‘plash shoxobchalaridan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish muntazam amalga oshirilishi lozim.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga hududdagi mavjud holatni o‘rganish, to‘planib qolgan chiqindilarni zudlik bilan olib chiqib ketish hamda kelgusida chiqindilarni belgilangan jadval asosida muntazam olib chiqib ketilishini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Deputatlik nazorati doirasida murojaatning ijrosi va muammoning amaliy yechimi nazoratga olindi.

Slide 1 of 2