35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Bog‘ot tumanida ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga mablag‘ ajratildi
янв.21
BOGʻOT TUMANIDA ICHKI YOʻLLAR BOʻYICHA MANZILLI ROʻYXAT YANGILANDI
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Qo‘shimcha mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qilindi
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOT O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘NALISHLARI BELGILANDI
#19_1_modda Garovsiz kredit ajratilishi bo‘yicha deputatlik o‘rganishi yo‘lga qo‘yildi

#19_1_modda Garovsiz kredit ajratilishi bo‘yicha deputatlik o‘rganishi yo‘lga qo‘yildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 637-son qarori ijrosi yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari tashkil etilmoqda.
Mazkur qaror bilan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarga yakka tartibdagi xonadonlarida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.
Shu munosabat bilan doimiy komissiya tomonidan qaror ijrosini joylarda o‘rganish uchun maxsus so‘rovnoma ishlab chiqildi va ishchi guruhi tuzildi.
O‘rganish davomida:
🔹 garovsiz kredit olish uchun murojaat qilgan fuqarolar;
🔹 kredit ajratishning belgilangan tartibda amalga oshirilishi;
🔹 ajratilgan kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish;
🔹 uy-joy qurilishi bo‘yicha yaratilgan sharoitlar;
🔹 murojaatchilar duch kelayotgan muammo va to‘siqlar;
🔹 mas’ul tashkilotlarning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati
atroflicha o‘rganiladi.
Mazkur o‘rganishlarning asosiy maqsadi — imtiyozli va garovsiz kreditlarning haqiqiy ehtiyojmand oilalar hamda yosh oilalarga manzilli yetib borishini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularning qonuniy yechimini topishdan iborat.
Deputatlik nazorati — muammo, yechim va natija sari!