35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Bog‘ot tumanida ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga mablag‘ ajratildi
янв.21
BOGʻOT TUMANIDA ICHKI YOʻLLAR BOʻYICHA MANZILLI ROʻYXAT YANGILANDI
янв.21
BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Qo‘shimcha mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qilindi
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOT O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘NALISHLARI BELGILANDI
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun targ‘iboti

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Qo‘ziyeva Shoira Allamuridovna tomonidan fuqarolarning huquqiy bilim va xabardorligini oshirish maqsadida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№938) mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolarga mazkur qonunda belgilangan davlat pensiya ta’minotining asosiy prinsiplari, pensiya olish huquqi, pensiya tayinlash tartibi, zarur ish staji va pensiya ta’minoti bilan bog‘liq muhim huquqiy normalar haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasidagi huquq va qonuniy manfaatlarini bilishi, belgilangan tartibda murojaat qilishi hamda pensiya bilan bog‘liq masalalarda huquqiy savodxonligini oshirishi muhimligi ta’kidlandi.

Targ‘ibot tadbiri yakunida fuqarolarning pensiya ta’minotiga oid savollariga batafsil javoblar berilib, amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.Bunday targ‘ibot tadbirlari fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3