Oʻrganish davomida:
45 nafar xotin-qiz ish bilan taʼminlangani;
20 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun imtiyozli kredit ajratilgani;
40 nafariga psixologik yordam koʻrsatilgani;
15 nafariga huquqiy yordam berilgani maʼlum qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini yanada oshirish, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Oʻrganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash va munosib sharoit yaratish — doimiy eʼtiborda.