35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

QONUN IJROSI VA TOMORQADAN SAMARALI FOYDALANISH HOLATI OʻRGANILDI

Oʻrganish davomida Paxtaobod mahallasining “Najmiddin Kubro” koʻchasida aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanishi, takroriy ekin ekish ishlari hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan ishlar koʻzdan kechirildi.

Tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, takroriy ekinlarni joylashtirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi.

Oʻrganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tomorqalardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat soʻrovi yuborish belgilandi.