#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#nazorat_tahlil
“Yetimqum” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat B.Ochildiyevning saylov okrugi hududidagi “Yetimqum” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash hamda mavjud masalalarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolarining o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish holati va aholi bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlari yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, mahallada yuritilayotgan tegishli hujjatlar, murojaatlar bilan ishlash holati hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishildi. O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Mahalla hududidagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram