Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kun dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ijrosi joyiga chiqib oʻrganildi.
янв.21
TUMANDAGI 133 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI EʼTIROF ETILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
Deputatlik so‘rovi orqali Yangihayot tumanida yo‘l harakati xavfsizligi masalasi ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputatlik so‘rovi orqali Yangihayot tumanida yo‘l harakati xavfsizligi masalasi ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suxrob Saifnazarov tomonidan Yangihayot tumani “Ahmad Al-Farg‘oniy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi N.Isakovaning murojaati asosida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Adilov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Murojaatda 16-sonli “Sofdil” va “Davlatobod” ko‘chalari kesishmasi oralig‘ida transport vositalari yuqori tezlikda harakatlanayotgani sababli hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rish zarurligi qayd etilgan.

🔎 Xususan, “Sofdil” ko‘chasida (Yo‘ldosh, 10-mavze) 11 ta yakka tartibdagi uy-joy mavjud bo‘lib, ularda ko‘plab yosh bolali oilalar istiqomat qilmoqda. Mazkur ko‘cha orqali 126-sonli avtobus hamda boshqa transport vositalari muntazam qatnashi, ayrim haydovchilar belgilangan tezlikka rioya qilmay harakatlanayotgani esa fuqarolar, ayniqsa bolalar xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgani murojaatda alohida ta’kidlangan.

📝 Shu munosabat bilan deputat Suxrob Saifnazarov tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Adilovdan mazkur hududni tegishli mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish, “Sofdil” va “Davlatobod” ko‘chalari kesishmasida tezlikni cheklovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqish hamda zarur chora-tadbirlarni belgilash so‘raldi.

🔺 Deputatlik so‘rovida o‘rganish natijalari, qabul qilinadigan qarorlar va amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish talab etilgan.

🤝 Mazkur masala deputat Suxrob Saifnazarov tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1