Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kun dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ijrosi joyiga chiqib oʻrganildi.
янв.21
TUMANDAGI 133 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI EʼTIROF ETILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-sonli qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Rishton tumanida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi.

Mazkur ochiq muloqot Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi raisi, deputat X.Xojixonov tomonidan olib borildi. Unda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Abdullayeva hamda tegishli mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, infratuzilma, bandlik, ijtimoiy yordam va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni imkon qadar joyida hal etishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy yechim topdi. Ayrim murojaatlar esa qo‘shimcha o‘rganish talab etgani sababli tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilandi.