Saylov okrugi hududida olib borilgan oʻrganishlar davomida Oqtepa hamda Abu Rayhon Beruniy mahallalari aholisi tomonidan ichimlik suvi sifati talab darajasida emasligi, shuningdek, suv taʼminotida muntazam uzilishlar kuzatilayotgani yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Mazkur murojaatlar asosida masʼul tashkilotdan hududdagi ichimlik suvi taʼminotini oʻrganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlash yuzasidan amaliy choralar koʻrish soʻraldi.
Qonunchilikka muvofiq, deputat soʻrovi yuzasidan 10 kun muddat ichida yozma javob taqdim etilishi belgilangan.