O‘rganish jarayonida:
hokim yordamchisining mahalladagi ish faoliyati;
aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligi;
fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi va ijro holati;
hududdagi dolzarb muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib ularning murojaat va takliflari tinglandi hamda mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mahallada ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘z vaqtida hal etish doimiy e’tibordagi masalalardan biridir.