Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
VAZIRLAR MAHKAMASINING 799-SON QARORI IJROSI JOYLARDA O‘RGANILDI
янв.21
BOGʻZOR NOMLI MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN PERINATAL MARKAZIDA (№O‘RQ-574-SONLI) QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HOLATI O‘RGANILDI.
Bugun 22-sentabr Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi.

Bugun 22-sentabr Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi.

Doimiy komissiyasida :

1️⃣ “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025-yil 2-mavsum yakuni bilan shakllangan tadbirlarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi.

2️⃣ Samarqand shahridagi shirkatlar o‘rnida tashkil etilgan yangi professional boshqaruv tashkilotlari nomiga qayta rasmiylashtirilayotgan kreditlarga shahar hokimligi tomonidan kafillik berish masalasi ko‘rib chiqildi.

3️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni ijrosi yuzasidan M.Yakubov (Shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari)ning jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hisoboti tinglandi.

4️⃣ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i B.Mingboyevning “2025-yil 1-yarim yillik yakuni bilan amalga oshirilgan ishlari” bo‘yicha ma’ruzasi taqdim etildi.

5️⃣ Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi shahar bo‘limi boshlig‘i R.Islomovning yarim yillik hisobotida pensiya ta’minoti va jamg‘arma faoliyati yuzasidan natijalar yoritildi.

6️⃣ 8-son oilaviy poliklinika bosh vrachi 🏥 D.Normuradovaning yarim yillik hisobot hamda yil oxirigacha mo‘ljallangan ustuvor rejalari muhokama qilindi.

7️⃣ Deputatlik faoliyatiga oid masalalar ko‘rib chiqildi — 🗳 saylovchilar bilan aloqalar, murojaatlarni hal etish va deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

 Yig‘ilish yakunida hisobotlar yuzasidan savollar berildi, tavsiyalar ishlab chiqildi va mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5