Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
VAZIRLAR MAHKAMASINING 799-SON QARORI IJROSI JOYLARDA O‘RGANILDI
янв.21
BOGʻZOR NOMLI MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN PERINATAL MARKAZIDA (№O‘RQ-574-SONLI) QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HOLATI O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Sardoba tumanida sanoat korxonalarining ishlab chiqarish holati o‘rganildi

Joriy yilning 20 sentyabr kuni Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati Ziyadulla Karimov tomonidan tumanning Quyitosh MFY hududida faoliyat yuritayotgan bir qator sanoat korxonalari faoliyati o‘rganildi.

“Sardoba eshik rom xizmati” MCHJ akfa eshik-romlar, yumshoq mebel, parta-stul hamda tunikafon mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonaning oylik ishlab chiqarish hajmi 635 mln so‘mni tashkil etadi.

“Xojiniso Mehriniso birligi” MCHJ oyiga 25500 dona qolipli non mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lib,ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari aholi va ijtimoiy soha obektlariga yetkazib berilmoqda.

“Paxtaobod mebel hamkor” MCHJ korxona oyiga o‘rtacha 85 mln so‘mlik mebel mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega.

“Yetti jaxon” MCHJ sutni qayta ishlash orqali qatiq, biokefir, suzma, qaymoq va yogurt mahsulotlari ishlab chiqaradi. Korxona bir oylik mahsulot hajmi 515 mln so‘mga teng

Tashrif davomida korxonalar faoliyati, mavjud muammolar, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish va qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan mutasaddilar bilan amaliy suhbatlar o‘tkazildi. Har bir ishlab chiqarish korxonasi faqat mahsulot emas, balki barqaror bandlik, mahalliy byudjetga tushum va hududiy rivojlanish manbaidir.

Slide 1 of 6