Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrda “Xorazm viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-410-sonli qarorining tumandagi ijrosi, yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, 2026-2028-yillarda tumanda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlanadigan obyektlar to‘g‘risida hamda kun tartibidagi boshqa masalalar bo‘yicha tegishli ma’sullarning axborot va hisobotlari eshitildi.
Yakunda deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan keyin ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Sessiya tuman hokimligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali jonli translyatsiya qilindi.