Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Murojaat ijobiy hal qilindi.
янв.21
Seminar ishtirokchilar Nurafshon shaharchasidagi aholi xonadonlarida ham bo‘lib, “Sayxunobod tajribasi” asosida shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida yerdan samarali foydalanish, qo‘shimcha tarmoqlarni tashkil qilish orqali oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Seminar ishtirokchilari jasoratli va mehnatkash ayol — Shakarjon Xo’janiyozovaning uy muzeyini borib ko‘rdi
янв.21
Seminar ishtirokchilarining keying manzili Beruniy mahallasida joylashgan tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Inflow” MCHJ hamda ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Kobotex” MCHJ korxonalari bo‘ldi.
янв.21
Davlatimiz rahbarining joriy yilning 1-2-may kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida Bog‘ot tumanini ayollar ishsizligidan xoli tumanga aylantirish, bu borada mahallabay yondashuvni joriy etish va samarali tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha bugun Bog‘ot tumanini xotin-qizlar ishsizligidan holi hududga aylantirish bo‘yicha Respublika seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Seminar ishtirokchilari jasoratli va mehnatkash ayol — Shakarjon Xo’janiyozovaning uy muzeyini borib ko‘rdi

Mamlakatimiz Prezidenti joriy yilning 1-2-may kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida ko‘p yillar davomida el-yurt uchun fidokorona xizmat qilgan davlat va jamoat arbobi Shakarjon Xo‘janiyozova tavalludining 70 yilligini keng nishonlash hamda xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. 12 iyun – Shakarjon Xo‘janiyozova tavallud topgan sanada viloyatimizda yurtimizning ardoqli farzandi xotirasiga bag‘ishlangan qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Chinakam o‘zbek ayoli timsoli bo‘lgan, fidoyi va matonatli rahbar Shakarjon Xo‘janiyozova yashab o‘tgan xonadonda uy muzeyi ochildi. Muzeydan Shakarjon Yusupovnaning hayoti va faoliyatiga oid eksponatlar o‘rin olgan. Seminar ishtirokchilari uy muzeyida bo‘lib, Shakarjon Yusupovnaning ko‘p yillik mehnat faoliyati va el-yurt ravnaqi uchun ko‘rsatgan fidokorona xizmatlarini yana bir bor yodga olishdi uning hayoti va faoliyatiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Slide 1 of 9