Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
“Bo‘ston” mahallasida 50 tup pavloniya daraxti ekildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 14-“Degrizlik” saylov okrugidan saylangan deputati O. Bozorov tomonidan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘cha o‘rganishlari olib borilgan edi.

O‘rganish davomida mahalladagi ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan yer maydonlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Hududning ekologik holatini yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish hamda aholi uchun yanada qulay va shinam muhit yaratish maqsadida 50 tup pavloniya daraxti ekish taklifi ilgari surildi.

Mazkur taklifni amalga oshirish doirasida deputat O.Bozorov tomonidan 50 tup pavloniya ko‘chati yetkazib berildi va ko‘chatlar “Yashil makon” loyihasi doirasida ekildi.

Ushbu tashabbus mahalla hududini yanada obod va ko‘rkam qilish, yashil hududlarni kengaytirish hamda ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3