Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 13-martdagi VII-19-11-11-152-K/26-sonli qaroriga asosan, Muqumiy MFY Islomobod dahasida keng ko‘lamli infratuzilma loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Dahadagi ko‘p kvartirali uylar atrofi markazlashgan mablag‘lar hamda keng ko‘lamli ishlar hisobidan butunlay yangicha qiyofa kasb etib, aholi uchun shinam maskanga aylantirildi.

Hududdagi ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari to‘liq betonlashtirildi va shag‘allashtirildi. Bundan tashqari, uylarning tutash hududlari va ichki yo‘llarida 1400 metr asfaltlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Kichkintoylar uchun barcha zamonaviy sharoitlarga ega, xavfsiz va shinam yangi bolalar maydonchasi qurilib, foydalanishga topshiriladi.

Hududda ichki ekotizimni yaxshilash maqsadida yangi irrigatsiya tarmoqlari barpo etilmoqda.
Ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari hamda tom qismlari ta’mirlanib, tungi yoritish chiroqlari hamda zamonaviy tizimlar o‘rnatildi.

Ayni damda hududni yanada ko‘rkam qilish maqsadida 24 ta qo‘shimcha tungi yoritish chiroqlari hamda aholi hordiq chiqarishi uchun 18 ta zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatish ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda.

Tasdiqlangan manzilli dastur doirasida, 2026-yilda respublika budjetidan ajratilgan jami 2.433 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga tuman miqyosida qurilish va rekonstruksiya ishlari tizimli davom etmoqda.

Aholi farovonligini oshirishga qaratilgan bu kabi tizimli qurilish ishlari tumanimizning har bir go‘shasida qat'iy nazorat ostida izchil davom ettirilmoqda.
Slide 1 of 7