Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tumanning “Do‘stlik” mahallasida joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida ta’lim muassasasida qish mavsumida o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun munosib sharoit yaratish, sinfxonalarni bir maromda isitish hamda issiqlik ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, maktabning isitish tarmog‘i va qozonxonasi holati ko‘zdan kechirildi.

🔵O‘rganish natijalariga ko‘ra, isitish tarmog‘i hamda qozonxona soz holatda ekani aniqlandi. Shuningdek, muassasada kuz-qish mavsumida foydalanish uchun ko‘mir zaxirasi mavjudligi qayd etildi.

🔵Mazkur holat ta’lim muassasasining sovuq kunlarda uzluksiz faoliyat yuritishi, o‘quv xonalarida zarur haroratni ta’minlash va dars mashg‘ulotlarini belgilangan tartibda tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, isitish tizimi va qozonxonaning texnik holatini muntazam nazorat qilib borish, mavjud ko‘mir zaxirasidan oqilona foydalanish, yoqilg‘i ta’minotini kuzatib borish hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish muhimligi ta’kidlanadi.

🔵Deputatlik nazorati doirasida o‘tkazilgan o‘rganish natijasida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha isitish tarmog‘i, qozonxona va ko‘mir zaxirasi holati qoniqarli deb baholandi.

Slide 1 of 2