Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
XONDAMIR MAHALLASIDA YANGI ELEKTR TAQSIMLAŞ QURILMASI QURILIŞI ÖRGANILDI

#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputatlik_nazorati_Uchtepa

XONDAMIR MAHALLASIDA YANGI ELEKTR TAQSIMLAŞ QURILMASI QURILIŞI ÖRGANILDI

🗂 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-noyabrdagi 598-sonli “Toşkent şahar elektr ta’minotini yaxşilaşga qaratilgan Dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida poytaxt hududlarida elektr ta’minoti barqarorligini oşirişga qaratilgan amaliy işlar olib borilmoqda.

🇺🇿 Mazkur qaror ijrosini örganiş maqsadida Xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşi deputatlari Sanjar Djalolov hamda Kamolitdin Azizov tomonidan Xondamir mahallasida qurilayotgan yangi kiçik podstansiya faoliyati va quriliş jarayoni bilan tanişildi.

🕯 Örganiş davomida deputatlar quriliş taşkiloti vakillari bilan uçraşib, amalga oşirilayotgan işlar, qurilişning borişi, obyektni belgilangan muddatlarda foydalanişga topşiriş masalalari yuzasidan fikr almaşdilar. Şuningdek, mazkur loyiha orqali tumandagi sakkizta mahallani sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlaş imkoniyatlari muhokama qilindi.

🗣 Ta’kidlanganidek, yangi elektr taqsimlaş qurilmasining barpo etilişi hududdagi elektr ta’minoti tizimini yaxşilaş, yuqori kuçlanişli elektr tarmoqlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan uzilişlarning oldini oliş hamda nosozliklar sodir bölgan taqdirda elektr energiyasini qisqa muddatda qayta tiklaş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.

⚙️ Mazkur loyiha Degrez, Boğiçinor, Şofayizboğ, Nişabariq, Beşqayrağoç, Xondamir, Ibrat hamda Şarq Yulduzi mahallalarida istiqomat qiluvçi aholi uçun elektr ta’minoti sifatini yaxşilaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

📈 Uşbu loyiha hududlarda elektr ta’minoti barqarorligini oşiriş, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qiliş va aholining elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini yanada sifatli qondirişga qaratilgan muhim amaliy qadamlardan biridir.

Slide 1 of 5