Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
Markaziy dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va zaxirasi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tumandagi Markaziy dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari, mavjud zaxiralari hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida aholini kundalik iste’mol uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, bozorda mahsulotlar yetarliligini saqlash, narxlar barqarorligini ta’minlash va mavsumiy talabni qondirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Xususan, bozordagi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari, savdo rastalaridagi mavjudligi va zaxiralarning shakllantirilganligi ko‘zdan kechirildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, mahsulotlar ta’minoti hamda narxlar holati qoniqarli deb baholandi. Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha narxlar barqarorligi saqlanayotgani qayd etildi.

🟢Bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va zaxiralari holati muntazam ravishda nazorat qilib borilishi, narxlarning asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahsulotlar ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlarning izchil davom ettirilishi dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

🟢Shuningdek, kuz-qish mavsumida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini uzluksiz qondirish, talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar zaxirasini yetarli darajada shakllantirish va bozorda taqchillik yuzaga kelishining oldini olish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2