Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMSSIYA TOMONIDAN O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
1-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
6-DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Islomobod dahasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANMOQDA.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #24_band #kengash raisi_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Pattakesar” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Aholi murojaatlari bilan ishlash, mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta’minlash masalalari “Pattakesar” mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat-tahlil tadbirining asosiy mavzusi bo‘ldi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov 23-“Pattakesar” saylov okrugi deputati T.Berdiyevning saylov okrugiga qarashli mahallada bo‘lib, hududdagi ishlar holatini o‘rgandilar.
Dastlab, mahalla raisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi bilan muloqot o‘tkazildi. Unda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mahallada mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Nazorat-tahlil tadbiri Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning mahalladagi ijrosi yuzasidan tegishli ma’lumotlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tavsiya va takliflar berildi. Belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Bunday nazorat-tahlil tadbirlari mahallalarda ishlar samaradorligini oshirish, aholi muammolariga yechim topish hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.