35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

BO‘STON MFYDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR O‘RGANILDI

O‘rganish jarayonida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-350-son, 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan qonun talablari asosida mahalla faoliyatini tashkil etish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, shahardagi Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida Bo‘ston MFY raisi bilan mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish borasidagi faoliyat muhokama qilindi.
O‘rganish davomida mahallaning hududiy rivojlanishiga, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada osoyishtalik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘ston MFYda mahalla raisi, faollar va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida olib borilayotgan tizimli ishlar ijobiy baholanib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va aholining hayot sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi.
O‘rganish yakunida mahallada amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1