Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “25-Xitoy” saylov okrugi deputati G‘.Ermatov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan “Xitoy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida “Ziyolilar” ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Maxkamov tomonidan hududdagi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat bildirildi.
Jumladan, “Ziyolilar” ko‘chasidagi ichimlik suvi qudug‘iga 1 dona suv minorasi o‘rnatish, shuningdek, “O‘rtasaroy” va “Shifokorlar” ko‘chalarida yashovchi fuqarolar uchun 1 km masofaga ichimlik suvi tarmog‘i tortish masalalari ko‘tarildi.
Aniqlangan mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish" daftariga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi.