Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "21-Samarqand" saylov okrugi deputati T.To‘ychiboyev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan "Saidabod" mahalla fuqarolar yig‘inining "Navqiron" hamda "Namuna" ko‘chalarida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mazkur ko‘cha infratuzilmasi ko‘zdan kechirilib, fuqarolar bilan muloqot qilindi. Muloqot jarayonida fuqaro I.Nizomov tomonidan "Navqiron" hamda "Namuna" ko‘chalarining 1 km qismini asfaltlashtirish zarurligi bo‘yicha murojaat bildirildi.
Aniqlangan mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish" daftariga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi.