Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “25-Xitoy” saylov okrugi deputati G‘.Ermatov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan “Xitoy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihaning ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida YTT Sobirov Javlonbek Ikromovich tomonidan amalga oshirilayotgan “Qurilish mollari savdosi” loyihasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
🔹 Mazkur loyiha bugungi kunda to‘liq ishga tushirilgan bo‘lib, mahalla aholisiga zarur qurilish mollari bilan ta’minlash, savdo xizmatlarini rivojlantirish hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
🔹 Loyiha doirasida 3 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta’minlangan.
O‘rganish jarayonida savdo faoliyati, yaratilgan sharoitlar, mahsulotlar assortimenti hamda loyihaning mahalla aholisi uchun qulayligi ko‘zdan kechirildi.
Yakunida tadbirkorga loyihani yanada rivojlantirish, savdo xizmatlari ko‘lamini kengaytirish, mahsulotlar turini ko‘paytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.