35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI

🟦 “KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI

✅ Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining 28-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔹 O‘rganish davomida “Nuroniy jamg‘armasi” Navoiy shahar bo‘limi tomonidan mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔹 Xususan, faol nuroniylarni “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish jarayonlariga keng jalb etish, ularning boy hayotiy tajribasi va salohiyatidan samarali foydalanish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi farovonligini oshirish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Shuningdek, nuroniylarning yoshlar tarbiyasi, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashdagi faol ishtirokini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

📊 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini yanada takomillashtirish hamda PQ-405-son qaror talablarining to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🌿 Nuroniylarning boy hayotiy tajribasi — jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lidagi muhim omildir!

Slide 1 of 3