35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining bo‘shab qolgan "12-Bog‘ishamol" saylov okrugiga qarashli "Amirobod" mahalla fuqarolar yig‘inining "Obod" ko‘chasida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilov hamda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi D.Xamraqulovlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududdagi infratuzilma holati ko‘zdan kechirildi. Jumladan, “Obod” ko‘chasidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi yonida joylashgan ichimlik suvi minorasi texnik jihatdan soz holatda bo‘lishiga qaramay, shu kunga qadar foydalanishga topshirilmaganligi shuningdek, mazkur suv minorasini ishga tushirish orqali “Kelajak avlod” va “Obod” ko‘chalarida istiqomat qiluvchi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyati mavjudligi aniqlandi.

Mazkur masala ijrosi yuzasidan mas'ul tashkilotlarga yo‘naltirilishi hamda natijasi doimiy komissiya yig‘ilishida mas'ullar ishtirokida muhokama qilinishi belgilandi.

Slide 1 of 4