35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yangi asr mahallasidagi ko'p qavatli uylarda o'rganish olib borildi.

#sessiya_oldi_organish #biriktirilgan_tashkilot
🖥Yangi asr mahallasidagi ko'p qavatli uylarda o'rganish olib borildi.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining 14-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati Dilshodjon Karimov tomonidan tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi mutaxassisi bilan hamkorlikda Yangi Asr mahallasidagi ko‘p qavatli uylarga kirish qismlarida o‘rnatilgan domofonlarning holati o‘rganildi.
O‘rganish tuman hokimligining “Tuman mahalliy budjetining 2026-yilgi shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi taklifini ko‘rib chiqish masalasi doirasida amalga oshirildi.
Mazkur taklifda Yangi Asr mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarga kirish nazorat moslamalarini sotib olish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish nazarda tutilgan.
O‘rganish davomida hududdagi domofonlarning mavjud holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 4