35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🗳 TASHABBUSLI BUDJET — XALQ FIKRI ASOSIDA YANGI LOYIHALAR SARALANMOQDA!

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyatida jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ularning ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👤 Yig‘ilishga ishchi guruh raisi O. Tursunov raislik qildi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son qarori bilan tasdiqlangan «Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom talablari asosida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📊 Ma’lumot o‘rnida: «Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumida 15-iyuldan 3-avgustga qadar davom etgan loyiha qabul qilish bosqichida respublika bo‘yicha jami 23 551 ta taklif kelib tushgan.

🔎 Hozirda, 4–18-avgust kunlari loyihalar belgilangan tartibda saralab olinmoqda. Shundan so‘ng fuqarolarning ovoz berish bosqichi boshlanadi.

🤝 Tashabbusli budjet — xalqning taklifi, xalqning tanlovi va xalq manfaatlari uchun amalga oshiriladigan loyihalar!

📢 Har bir tashabbus — hududimiz rivoji, obodligi va farovonligi yo‘lidagi muhim qadam!
🇺🇿 Xalq fikri — taraqqiyot garovi!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4