35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
14-BAND IJROSI: Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash — e’tibor markazida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman Suv ta’minoti bo‘limi rahbarining hisoboti oldidan hamda deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 14-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Sessiya oldi o‘rganishlari doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev tomonidan Qorag‘uppa mahallasidagi ichimlik suvi ta’minoti holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi 23 ta ko‘cha kesimida aholi bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Jumladan, 1-ko‘cha — Durmontepa ko‘chasi ko‘chaboshisi S. Raxmatov hamda nuroniy N. Xudoyqulov bilan xonadonlarning ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik holati yuzasidan fikr almashildi.

📌 Qorag‘uppa mahallasida jami 785 ta xo‘jalik mavjud. Hozirgi vaqtda mahallada 1 ta ichimlik suvi minorasi mavjud bo‘lib, u atigi 220 ta xonadonni suv bilan ta’minlamoqda.

Mahalla yettiligi va nuroniylar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aholini toza ichimlik suvi bilan to‘liqroq ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 2 ta suv minorasi qurish taklifi ilgari surildi.

🚸 Shuningdek, 44-sonli maktab oldida o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida svetofor o‘rnatish masalasi ham ko‘tarildi.

Slide 1 of 1