35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Deputat faoliyati: mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi, tuman Kengashiga 15-Baynalminal saylov okrugidan saylangan deputat Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Ismailov Abdurashid Xudayarovich saylangan 23-"Chegarachi" saylov okrugiga qarashli "Chegarachi" mahallasida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha aylanib o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

Mahallada mavjud 14 ta ko‘chaning har biri bo‘ylab xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi. O‘rganishning asosiy maqsadi fuqarolarning murojaatlarini joyiga chiqqan holda eshitish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan amaliy choralarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishi asosida tashkil etildi. Tashriflar davomida aholining bandligi, tomorqadan samarali foydalanish holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, ichki yo‘llar holati, obodonlashtirish ishlari hamda mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining borishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha tahlil qilinib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilab olindi. Ayrim masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, tezkor hal etilishi mumkin bo‘lgan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar yuborildi.

Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan barcha muammolar deputatning maxsus nazorat jurnaliga qayd etildi. Har bir murojaatning ijrosini deputatlik nazoratiga olish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini monitoring qilib borish hamda aholini rozi qiladigan amaliy yechimlarga erishish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 5