35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
#dolzarb_40kun #nazorat #obodlik

Olmaliq shahar “Cho‘lpon” mahallasida “Dolzarb 40 kunlik” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari atroflicha o‘rganildi.
📌 O‘rganishda:
Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sevar Qodirova;
Shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Shermuhammad Begiyev;
Hudud deputati Azamat Mavlonovning Kotibiyatdan biriktirilgan vakili Mukarram Nematullayeva;
Shahar hokimligi Qurilish va kommunal xo‘jaligi bo‘limi vakillari hamda “Mahalla yettiligi” ishtirok etdi.

🔍 Monitoring davomida avvalgi o‘rganishlardan so‘ng erishilgan natijalar, hususan:
Obodonlashtirish va tozalik ishlari;
Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi;
Ichki ko‘chalarning holati va tungi yoritish tizimlarining ishlashi;
“Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorlik darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

📉 O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, avvalgi tekshiruvlarga nisbatan hududda ancha tartib o‘rnatilgan va ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan.
Biroq, saqlanib qolayotgan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga hamda “Mahalla yettiligi”ga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Aniqlangan barcha muammolar Deputatning ko‘chama-ko‘cha yurish va muammolarni qayd etish jurnaliga kiritilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Slide 1 of 4