35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri Q.O‘tayev hamda tuman Kengashi deputatlari A.Egamberdiyev, E.Nazarov va G.Absatovalar tomonidan Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi tarkibida faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektori va yoshlar yetakchisining ish faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda targ‘ibot ishlarining holati tahlil qilindi.
Tahlillar jarayonida ayrim yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholangan bo‘lsa-da, yoshlar bilan manzilli ishlash, muammoli oilalarni aniqlash va profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish borasida yechimini kutayotgan masalalar mavjudligi qayd etildi. Xususan, ayrim yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarida tizimli yondashuvni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bilan muloqotlarni yana-da faollashtirish hamda mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Deputatlar tomonidan mazkur masalalarning ijrosi doimiy nazoratga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 4