35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Fuqarolar murojaati – doimiy e’tiborda
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Fuqarolar murojaati – doimiy e’tiborda


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 23-"Aeroport" saylov okrugidan saylangan deputat N.Chorshanbiyeva hamda kotibiyat bosh mutaxassis N.Xamdamova tomonidan "Aeroport" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib, ularning murojaatlari, takliflari va mavjud muammolarini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha tinglanib, ularni amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar vakillariga aniq vazifalar belgilab berildi. Ayrim masalalar joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi.
Muloqot jarayonida fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy, kommunal va infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan ham fikr almashilib, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga amaliy yechim topish, aholining manfaatlarini himoya qilish hamda xalq bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bunday uchrashuvlar aholining fikr va takliflarini bevosita o‘rganish, hududlarni rivojlantirish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Slide 1 of 3