35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Deputatlik nazorati: ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Deputatlik nazorati: ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J.Ochilov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, tumanda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha so‘nggi ikki yillik tahlil hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida deputat tomonidan O‘tarchi MFY hududidagi 112-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, ta’lim jarayoni uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, deputatlik nazorati doirasida ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 3