35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan tumanning “Iskandar” va “Barraj” mahallalariga biriktirilgan xotin-qizlar faoli K.Inkarovaning ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini barvaqt aniqlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar toifalari, ularning murojaatlari, muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, bandlikka ko‘maklashish, kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kreditlar ajratish, ijtimoiy yordam va tibbiy hamda huquqiy xizmatlardan foydalanish holati yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hududda qayd etilgan oilaviy ajrimlar holati ham atroflicha tahlil qilindi. Ajrimlarning asosiy sabablari, oilalarda yuzaga kelayotgan ijtimoiy va ma’naviy muammolar, yosh oilalar bilan profilaktik ishlar, oilaviy nizolarning oldini olish hamda yarashtirish komissiyalari faoliyati samaradorligi muhokama etildi. Nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, psixologlar, mahalla faollari, nuroniylar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 1