35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📄⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

👩‍💼 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Yo‘ldoshova Oyimjon Qurvonnazarovna tomonidan saylovchilar manfaatlarini himoya qilish hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Shovot tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborildi.
📍 O‘rganishlar davomida Royat mahallasi, Oynuri 3-tor ko‘chasi 2-uy oldida joylashgan elektr uzatish tarmog‘iga tegishli simyog‘och nosoz holatga kelgani aniqlanib, mazkur holat fuqarolar xavfsizligi hamda elektr ta’minoti barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.
📌 Deputat so‘rovida:
🔹 simyog‘ochning texnik holatini mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish;
🔹 aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda zaruratga ko‘ra ta’mirlash yoki almashtirish ishlarini amalga oshirish;
🔹 hududdagi elektr tarmoqlari infratuzilmasini qo‘shimcha ravishda ko‘zdan kechirish;
🔹 ko‘rilgan choralar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma javob taqdim etish so‘ralgan.
🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida hududlardagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.