35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati yuzasidan infogramma
янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
Deputatlik so‘rovi natijasida elektr infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar belgilandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati tomonidan Mang‘itobod mahallasi elektr ta’minoti tarmog‘ini yaxshilash hamda 4 dona temir-beton tayanch o‘rnatish masalasida yuborilgan deputatlik so‘roviga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Javob xatida qayd etilishicha, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala belgilangan tartibda o‘rganilib, Mang‘itobod mahallasidagi 10 kVli O‘tarchi elektr uzatish tarmog‘idagi ta’mirtalab tayanchlar o‘rniga 4 dona yangi temir-beton tayanch o‘rnatish ishlari manzilli dasturga kiritilgan.

Shuningdek, mazkur tayanchlarni xarid qilish tuman hokimligining infratuzilmani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. Mablag‘ ajratilgach, yangi tayanchlar o‘rnatiladi.