35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Geografik obyektlarning nomlari – milliy qadriyat va tarixiy merosimiz ifodasi!

Geografik obyektlarning nomlari – milliy qadriyat va tarixiy merosimiz ifodasi!

Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 4-martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda maʼqullangan. Ushbu qonun geografik obyektlarga nom berish, ularning nomlarini oʻzgartirish va rasmiy qoʻllash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.

🫥 Qonunning asosiy maqsadlari:

♾ geografik obyektlarning tarixiy va milliy nomlarini asrab-avaylash;
♾ davlat tilida toʻgʻri va yagona nomlash tizimini taʼminlash;
♾ yangi nom berish va nomlarni oʻzgartirishda qonuniy tartibni belgilash;
♾ tarixiy, madaniy va maʼnaviy merosni kelajak avlodlarga yetkazish.

🫥 Geografik obyektlarning toʻgʻri nomlanishi nafaqat hududlarni aniqlash, balki xalqimizning tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlarini saqlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.