35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kichik Naymancha mahallasida elektr obyektlarini foydalanishga topshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Fotima Islomova tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida Kichik Naymancha MFY hududidagi elektr ta’minoti obyektlari mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

🔍
O‘rganish natijalariga ko‘ra, 16-maktab hududida o‘rnatilgan transformator punkti Davlat dasturi doirasida qurilgani, biroq uni elektr tarmog‘iga ulash uchun zarur texnik hujjatlarni rasmiylashtirish va balansga qabul qilish ishlari yakunlanmagani sababli foydalanishga topshirilmagani ma’lum qilindi.

⚡️ Shuningdek, Kichik Naymancha MFY Farovon diyor ko‘chasida aholi tashabbusi bilan o‘rnatilgan 18 ta yuqori kuchlanishli tayanch, 13 ta past kuchlanishli tayanch hamda 100 kVA quvvatli transformator punktini mavjud elektr tarmoqlariga ulash uchun qo‘shimcha qurilish-montaj ishlari, texnik shart talablarini bajariladi
.

Slide 1 of 1