35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Deputat tomonidan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Yunusov tomonidan "Noib ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodimi M.Jabborovaning O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-oktyabrdagi O‘RQ-641-sonli "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 31 ta oilaga 14 mln 102 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, 13 nafar fuqaroga 7 mln 200 ming so‘mlik kiyim-kechak, 11 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga reabilitatsiya vositalari yetkazib berilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bir nafar bolaga "Mehr daftari" orqali 2 mln 500 ming so‘mlik o‘yinchoq avtomobil, 750 ming so‘mlik velosiped hamda sport kiyimlari ajratilgani, tazyiqqa uchragan xotin-qizlar psixolog va yurist maslahatlariga yo‘naltirilgani, natijada ularning ijtimoiy holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgani qayd etildi.

Bundan tashqari, ijtimoiy reyestrda turuvchi nogironligi bo‘lgan 4 nafar bolaning ijtimoiylashuvini ta’minlash maqsadida sport to‘garaklariga jalb etilgani hamda mahalla fuqarolaridan ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha kelib tushgan 32 ta murojaat atroflicha o‘rganilib, ijobiy hal etilgani ma’lum qilindi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev hamda A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3