35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bexsiyiq ko‘chasida aholi takliflari o‘rganildi

“Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugida mahalla muammolarini o‘rganish davomida navbatdagi manzil — Bexsiyiq ko‘chasi bo‘ldi.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich “Yoshlar maslahat guruhi” a’zosi M.Kalbayev bilan birgalikda ko‘chaboshi S.Xasanov bilan suhbatlashib, hududdagi mavjud holat va aholi uchun dolzarb masalalarni muhokama qildi.

💡 Muloqot davomida ko‘cha hududini yanada tartibga keltirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, shuningdek, yosh oilalarning huquqiy, psixologik va moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan seminarlar tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📝 Ko‘chaboshi tomonidan bildirilgan taklif deputatning hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi.

🌿 Mahalladagi har bir taklif — e’tibor va amaliy harakat uchun muhim asos. “Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugida o‘rganish ishlari davom etadi.