35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
“MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev raisligida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda hafta davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi yakunlari ham tahlil etildi.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan hududlarda olib borilgan o‘rganishlar, deputatlik nazorati tadbirlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda sessiyada qabul qilingan qarorlar ijrosini samarali tashkil etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, sessiyada belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, saylov okruglarida uchrashuvlarni davom ettirish hamda kelgusi haftada amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3