Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat hududlarda
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 3-Olchin saylov okrugi deputati A.Ubaydullayev tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi halati o‘rganildi.
янв.21
Yoshlarni sport bilan shug‘ullanishida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Hududdagi muammolarga ijobiy yechim topilmoqda
янв.21
O'zbekiston ovozi" gazetasining navbatdagi sonida O'zbekiston XDP Bag'dod tuman kengashi raisi, tuman Kengashi deputati D.Xamraqulovning maqolasi chop etildi.
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlanmoqda
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati 

❗️Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Mazkur komissiya kun tartibiga kiritilgan Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbarining 2026-yil I chorak davomida mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ibragimov Akbarxon Akromxonovichning hisoboti deputatlar tomonidan tinglanib, atroflicha muhokama qilindi. 

📝 Shuningdek mazkur komissiya yig‘ilishida Toshkent shahrida 2026-yilda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash orqali xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga shart-sharoitlar yaratish va aholi bandligini ta’minlashga turtki beruvchi loyihalar uchun Respublika budjetidan ajratilgan mablag‘larni ishlatilishi to‘g‘risida Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ganiev Zabixulla Xamidullaevichning hisoboti eshitildi.

🔺 Yig‘ilish davomida Toshkent shahar mahalliy budjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida masala kiritgan tashkilot mas’ullar o‘z hisobotlarini deputatlarga taqdim etdi. 

✍️ Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 10