✅ Tuman Kengashi deputati D.Xamraqulov tomonidan O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Temir yo‘l ko‘chasi yonida maishiy chiqindilar noqonuniy tashlanib, atrof-muhitning ifloslanishiga hamda sanitariya-ekologik holatning yomonlashishiga sabab bo‘layotganligi, markur xolatni o‘rganib bertaraf etish yuzasidan tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i T.Beknazarovga deputat so‘rovi yuborilgan edi.
✅ Mazkur so‘rov ijrosini ta’minlash maqsadida hozirda ko‘chada obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.