Tadbir davomida deputat tarixiy merosimizni asrab-avaylash, uni keng targ‘ib qilish va yosh avlod ongiga singdirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.
Davronov Komiljon o‘z fikrlarida Sohibqiron Amir Temurning boy tarixiy merosi, uning adolatga asoslangan boshqaruv tizimi va buyuk davlat arbobi sifatidagi faoliyati bugungi jamiyat taraqqiyotida ham muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Tadbir davomida Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalar, chiqishlar hamda badiiy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Mazkur tadbir tarixiy merosimizni keng targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarni mustahkamlash hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.
Deputatlarning bunday tadbirlarda faol ishtiroki jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.